Muhokama, maslahat va reja: O‘zbekiston futzalini yangi darajaga olib chiqiladi


9-iyun kuni O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Nodir Eliboyev, yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Konstantin Sviridov hamda o‘smirlar terma jamoasi ustozi Dilshod Rahmatov, shuningdek, federatsiya mutasaddi xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida Federatsiyaning ortda qolgan vaqt davomida amalga oshirgan ishlar, yutuq va kamchiliklar hamda kelajakda bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar haqida so‘z bordi. Jumladan, Oliy ligaga o‘tish turniriga tayyorgarlik, uni munosib tarzda tashkillashtirish va o‘tkazish, mamlakat chempionati starti masalalarini puxta rejalashtirish, barcha terma jamoalarimizni oldinda kutayotgan musobaqalar, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish yuzasidan kelgusi rejalar muhokama qilindi.
Federatsiya prezidenti Bekzod Mamatqulov ichki chempionatimiz sifat darajasini oshirish ustuvor vazifalardan biri ekanligi, aynan shu yo‘l bilan mamlakatimiz milliy terma jamoasi ham kuchli bo‘lishini ta’kidladi.
"O‘zbekiston Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Biz qit’ada chempionlikka nomzodlardan birimiz. Shuni yodda tutishimiz zarur. Oldinda bizni kutib turgan "CAFA" musobaqasida ham faqat g‘alaba uchun maydonga tushishimiz kerak. Shu sababli munosib tarzda tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak", - dedi Bekzod Mamatqulov.
Bundan tashqari, federatsiya rahbari terma jamoa va unga chaqirilishga nomzod bo‘lgan futzalchilarning salomatligini nazoratga olish, zarur bo‘lsa yordam ko‘rsatish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

Maqolalar
Kecha da 10:33

Futbol
10 iyl 2025

Futbol
10 iyl 2025