Muhammadqodir Toshtemirov va Nigora Suvonovaga omad tilaymiz
Toshtemirov Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da, Suvonova esa 18:00 dan boshlab musobaqadagi ishtirokini boshlaydi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: O'zbekiston Og'ir Atletika Federatsiyasi
Bugun “Qatar Cup” turnirining 6-kuni. Kun davomida erkaklar o‘rtasida -94 kg va +94 kg vazn toifalarida g‘olib hamda sovrindorlar aniqlanadi. Shuningdek, +110 kg vazn toifasining B guruhida ham bahslari tashkil etiladi.
Ayollar o‘rtasida esa +77 kg, -86 kg hamda +86 kg vazn toifalarida bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Biz uchun muhim jihat — hamyurtlarimiz Muhammadqodir Toshtemirov -94 kg, Nigora Suvonova esa -86 kg vazn toifasida bahslarga kirishadi.
Muhammadqodir Toshtemirov Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da, Nigora Suvonova esa 18:00 dan boshlab musobaqadagi ishtirokini boshlaydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist