Muhammadqodir Toshtemirov — «10th Weightlifting Cup» turniri g‘olibi
Toshtemirov 156 kg, 160 kg va 166 kg og‘irlikdagi toshlarni muvaffaqiyatli ko‘tardi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: O'zbekiston Og'ir Atletika Federatsiyasi
Dohadan navbatdagi xushxabar! -94 kg vazn toifasida o‘tkazilgan dast ko‘tarish bahslarida tajribali sportchimiz Muhammadqodir Toshtemirov barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ushbu yo’nalishda Toshtemirov 156 kg, 160 kg va 166 kg og‘irlikdagi toshlarni muvaffaqiyatli ko‘tarib, yuqori sport mahoratini namoyish etdi.
“Oldinda siltab ko‘tarish bahslari turibdi. Ushbu yo‘nalishda ham hamyurtimizdan muvaffaqiyatli natijalar kutib qolamiz”, - deyiladi xabarda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist