Muhammadjon Qurbonov Naiza 76 turnirida jang qiladi
O‘zbekistonlik MMA jangchisi 23 avgust kuni Olma-otada oktagonga chiqadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram
O‘zbekistonlik yarim yengil vazn toifasidagi MMA jangchisi, Octagon League’ning sobiq chempioni Muhammadjon Qurbonovning navbatdagi jang sanasi va manzili ma’lum bo‘ldi.
33 yoshli sportchi 23 avgust kuni Qozog‘istonning Olma-ota shahrida joylashgan ADD Arena majmuasida bo‘lib o‘tadigan Naiza 76 turnirining asosiy kardida ishtirok etadi. Hozircha uning raqibi e’lon qilinmagan.
Ma’lumot uchun, Qurbonov professional faoliyatida 16 ta jang o‘tkazib, 12 g‘alaba va 4 mag‘lubiyat qayd etgan.

Bakradze Iman
Redaktor