Muhammadismoil Rahmonov ikkinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi
Muhammadismoil Rahmonov Tailandda o‘tayotgan yosh toifalari o‘rtasidagi suv sport turlari bo‘yicha Osiyo chempionatining suzish sport turi bo‘yicha musobaqalarida ikkinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Muhammadismoil Rahmonov musobaqaning ikki karra chempioni sifatida yana shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. U 100 metrga brass usulida suzish bo‘yicha finalda 1:02.36 natija ko‘rsatib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
100 m brass
"A" guruhi
1-o‘rin - Rahmonov Muhammadismail (O‘zbekiston) - 1:02.36
2-o‘rin - Yik Ki Tsui (Gonkong) - 1:02.62.
3-o‘rin - Pin Ruei Huang (Xitoy Taypeyi) - 1:02.95
"Uzbekistan Aquatics" federatsiyasi Muhammadismail Rahmonovni ajoyib chiqishi va Osiyo chempionatining ikkinchi oltin medalini qo‘lga kiritgani bilan tabriklab, unga xalqaro maydonda yangi yorqin g‘alabalar va muvaffaqiyatlar tilaydi!