locale OZ

Mountain bike” bo’yicha Osiyo chempionatining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi

Tadbir davomida ishtirokchi terma jamoa vakillariga esdalik sovg’alari ham topshirildi.
Boshqa sport turlari
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Mountain bike” bo’yicha Osiyo chempionatining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi
photo: velosport Uzbekistan

“Green Hills Resort” dam olish maskanida o’tgan tadbirda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda O’zbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisi Tanzila Narboyeva, Osiyo velosport Konfederatsiyasi prezidenti Dato’ Amarjit Singh, Sport vaziri oʻrinbosari Shaxrillo Maxmudov hamda qator rasmiylar ishtirok etishdi.

Marosim madaniy chiqish bilan boshlanib, terma jamoalarning paradi bilan davom etdi. Shundan so’ng, so’zga chiqqan Tanzila Kamalovna ilk bor o’tkazilayotgan MTB bo’yicha Osiyo chempionatida barcha ishtirokchilarga omad tiladi. Shuningdek, Davlatimiz rahbari tomonidan barcha sport turlari qatori velosportga ham katta e’tibor qaratilayotgani alohida qayd etildi. O’zbekiston velosport federatsiyasi raisi so’z yakunida “Mountain bike” bo’yicha o’tkazilayotgan 33-Osiyo chempionatini rasman ochiq deb e’lon qildi.

Tadbir davomida ishtirokchi terma jamoa vakillariga esdalik sovg’alari ham topshirildi.

Ma'lumot uchun, Osiyo chempionatida 18 ta davlatdan tashrif buyurgan 300 ga yaqin sportchilar ishtirok etishmoqda. Turnir davomida : XCO (Cross-country Olympic), XCC (Cross-Country Short track), XCR (Cross-country Team Relay), XCE (Cross-Country Eliminator), DHI (Downhill) yo’nalishlari bo’yicha bellashuvlar bo’lib o’tadi.

E’tiborlisi, Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu nufuzli musobaqa 2028-yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun muhim reyting ochkolarini taqdim etadi. Shu bilan birga, musobaqaning aynan Bo‘stonliq tumanidagi “Green Hills Resort” dam olish maskanida tashkil etilayotgani Toshkent viloyatining turistik salohiyatini keng namoyon etish, sport turizmini rivojlantirish hamda Bo‘stonliqning betakror tog‘lari, so‘lim tabiati va musaffo havosini xorijiy mehmonlarga yaqindan tanishtirishga xizmat qiladi.

Quvonarlisi, Osiyo chempionatida bir yo'la uch nafar hamyurtimiz shohsupadan joy oldi.

DHI (Downhill) bo'yicha o'tkazilgan murosasiz bellashuvlarda qizlarimiz medallarni hech kimga berishmadi:


1-o'rin. Mariya Zakirova
2-o'rin. Aliza Rejepova
3-o'rin. Sevinchoy Zaripboyeva

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting