Moskva shahrida qo‘l jangi sport turi bo‘yicha jahon chempionatida qatnashgan O'zbekiston jamoasi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi
Musobaqa 20 dan ortiq davlatlarning eng kuchli sportchilarini bir maydonga jamladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Qo'l janggi Uzbekistan
Avval xabar berganimizdek, Moskva shahrida qo‘l jangi sport turi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli musobaqa 20 dan ortiq davlatlarning eng kuchli sportchilarini bir maydonga jamladi.
Chempionat yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi 1 ta oltin va 3 ta kumush medali bilan 1-o‘rinni, Qozog‘iston jamoasi 1 ta oltin va 2 ta bronza bilan 2-o‘rinni, Belarus jamoasi 1 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan 3-o‘rinni egalladi.
Musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan barcha sportchilarni, xususan, Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan o‘zbekistonlik sportchilarni samimiy muborakbod etamiz.
G‘olib va sovrindorlar Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor