locale OZ

MOQ rahbariyati velosport bo‘yicha terma jamoa rejalari bilan tanishdi

Sportchilarning yil davomida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan xalqaro musobaqalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MOQ rahbariyati velosport bo‘yicha terma jamoa rejalari bilan tanishdi
Фото: МОҚ

Bugun O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Kozim O‘rinboyxo‘jayev hamda shosse dasturida O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Vladimir Starchik (Ukraina) MOQda mehmon bo‘lishdi.

Ular Qo‘mita rahbariyatiga terma jamoaning Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga olib borayotgan tayyorgarligi xususida ma’lumot berishdi.

Mas’ullar suhbatda terma jamoa oldiga katta maqsadlar qo‘yilgani, barcha yo‘nalishlarda asosiy kontingent saralab olingani, sportchilarning yil davomida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan xalqaro musobaqalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tishdi.

Qo‘mita rasmiylari federatsiya tomonidan bildirigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, uni yanada boyitish, xususan, seleksiya yo‘nalishlariga ham ahamiyat berish lozimligini ta’kidlashdi. O‘z navbatida, Sport vazirligi va MOQ federatsiyalarga har tomonlama ko‘mak berishi qo‘shimcha qilindi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting