locale OZ

MOQ rahbariyati va Italiya velosport klubi ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

Ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash masalalarini batafsil muhokama qildilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MOQ rahbariyati va Italiya velosport klubi ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
Фото: МОҚ

Bugun MOQ rahbariyati Italiyaning mashhur “VF Group–Bardiani–CSF–Faizanè” velosport klubi asoschisi va bosh menejeri Bruno Reberberini qabul qildi.

Muloqot chog‘ida tomonlar hamkorlik imkoniyatlari, O‘zbekistonda velosportni yangi bosqichga ko‘tarish istiqbollari hamda ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash masalalarini batafsil muhokama qildilar.

Uchrashuvda, shuningdek, yurtimizda velosportni izchil rivojlantirish va uning ommaviyligini yanada oshirish, sportchilar uchun zamonaviy tayyorgarlik sharoitlarini yaratish hamda raqobatbardosh velomaktabni shakllantirish muhim ekani alohida ta’kidlandi.

Sportchilar va murabbiylar o‘z mahoratini muntazam oshirib borishi, tajriba almashishi, ayniqsa to‘rt yillikning eng yirik musobaqasi — Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlari hamda boshqa nufuzli turnirlarga tayyorgarlik jarayonida yangi bilim va ko‘nikmalar hosil qilishi zarurligi qayd etildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting