locale OZ

MOQ rahbariyati hududlardagi qurilish va rekonstruksiya loyihalari bilan tanishdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MOQ rahbariyati hududlardagi qurilish va rekonstruksiya loyihalari bilan tanishdi
FOTO: Olympic.uz

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati bugun mamlakatimiz hududlarida infratuzilmani takomillashtirish hamda sport inshootlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha taqdimoti bilan tanishdi.

Unda har bir loyiha boʻyicha joriy holat, qurilish ishlarining bosqichlari va kelgusidagi rejalar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Mutasaddilarga Olimpiya harakatini rivojlantirish va hududlar bilan ishlash departamenti direktori Jamol Yoʻldoshev amalga oshirilayotgan ishlar, ularning ahamiyati hamda hududlarda sport imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tashabbuslar haqida batafsil axborot berdi.

Shuningdek, mazkur loyihalarning yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish va mamlakatimizda sportchilarning yangi avlodini yetishtirishdagi oʻrni alohida taʼkidlab oʻtildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting