locale OZ

Monako trassasi o'zining torligi va quvib o'tish qiyinligi bilan ajralib turadi

Erkin amaliyotdagi avariya sabab saralashni o'tkazib yuborgan Alonso poygani 24-o'rindan, Pit-leyndan boshlashga majbur bo'ladi. Bunaqa holatda ochkoli zonaga kirishni o'zi deyarli imkonsiz edi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Monako trassasi o'zining torligi va quvib o'tish qiyinligi bilan ajralib turadi
photo: F1

Monako trassasi o'zining torligi va quvib o'tish qiyinligi bilan ajralib turadi. Ammo 2010-yil, 1 poygachi bu statistikaga ochiqchasiga "tupurgan" Bu - Fernando Alonso.

Erkin amaliyotdagi avariya sabab saralashni o'tkazib yuborgan Alonso poygani 24-o'rindan, Pit-leyndan boshlashga majbur bo'ladi. Bunaqa holatda ochkoli zonaga kirishni o'zi deyarli imkonsiz edi.

Ammo Ferrari jamoasi katta tavakkal qilib Alonsoni poyganing 1-davrasida Pit-stopga chaqirishdi. Yangi shinada Alonso quyi jamoalardan osonlikcha o'tib ketishni boshladi, o'z mahorati evaziga oxirgi aylanalarga kelib u 6-o'rinni band qilib ketayotgan edi.

Ammo oxirgi davrada Xavfsizlik mashinasi trekni tark etayotgan payt Alonsoning orqasidan kelayotgan Mixayel Shumaxer uni quvib o'tdi. Lekin FIA Xavfsizlik mashinasi paytida bu harakat qoida buzish ekanligini aytib, Shumaxerga 20 soniya jarima bergan va Alonso 6-o'rnini saqlab qolgan.

Oradan 16 yil o'tganiga qaramay, bu rekordni hali hech kim yangilashga ulgurmadi

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting