locale OZ

Mohidil O'ktamjonova — Yangi O'zbekiston tarixida qizlar o'rtasida yoshlar Jahon chempioniga aylangan ilk o'zbekistonlik taekvondochiga aylandi

Poytaxtimizda taekvondo WT bo'yicha yoshlar o'rtasidagi XV Jahon chempionati o'z nihoyasiga yetdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mohidil O'ktamjonova — Yangi O'zbekiston tarixida qizlar o'rtasida yoshlar Jahon chempioniga aylangan ilk o'zbekistonlik taekvondochiga aylandi
photo: taekvando Uzbekistan

"Prezident Olimpiadasi" g'olibi bo'lmish Mohidil O'ktamjonova — Yangi O'zbekiston tarixida qizlar o'rtasida yoshlar Jahon chempioniga aylangan ilk o'zbekistonlik taekvondochiga aylandi!

Poytaxtimizda taekvondo WT bo'yicha yoshlar o'rtasidagi XV Jahon chempionati o'z nihoyasiga yetdi. Jahon chempionatining final bahslari va yopilish marosimida World Taekvondo Prezidenti Chungvon Choi, Sport vaziri Adkham Ikramov, MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o‘rinbosari, mamlakat taekvondo WT assosiatsiyasi raisi Sherzod Tashmatov ishtirok etdi.

Ta'kidlash joiz, terma jamoamizning -63 kg vazn toifasidagi vakilasi Mohidil O'ktamjonova yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida barcha raqibalaridan ustun kelib, o'z tengsizligini isbotladi va bu orqali terma jamoamiz hisobiga qimmatli oltin medalni taqdim etdi.

Bu O'zbek sporti uchun tarixiy natija! Boisi, taekvondo WT bo'yicha yoshlar o'rtasidagi dunyo birinchiliklarida hozirga qadar qizlar o'rtasida oltin medal qo'lga kiritilmagan edi.

"Prezident Olimpiadasi" g'olibi bo'lmish Mohidil O'ktamjonova — Yangi O'zbekiston tarixida qizlar o'rtasida yoshlar Jahon chempioniga aylangan ilk o'zbekistonlik taekvondochiga aylandi!

Shuningdek, Asadbek Samandarov, Yosinbek Odilov oltin, Ayubxon Nabiyev, Alisher Pak kumush va Shohjahon Xolmurodov bronza medalni qo'lga kiritishdi.

Shu tariqa, ushbu nufuzli musobaqani O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallar bilan yakunlashdi.

2028-yilda o‘tkaziladigan jahon chempionatiga Peru poytaxti Lima shahri mezbonlik qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting