MLS. «Inter Mayami» yirik hisobda g'alaba qozondi, Messidan ikki gol va bir assist
Florida klubi navbatdagi g'alabani qo'lga kiritdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
ФОТО: Getty images
MLSning navbatdagi turidan o'rin olgan “Inter Mayami” hamda “Atlanta” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi.
Ushbu bahsda mezbonlar yirik 4:0 hisobida zafar quchdi. Birinchi bo'lim so'ngida Lionel Messi hisobni ochdi. Tanaffusdan so'ng argentinalik futbolchi Jordi Albaga assistentlik qildi. 61-daqiqada Luis Suares hisobni yirik ko'rinishga olib kelgan bo'lsa, uchrashuv so'ngida Messi dublni rasmiylashtirdi.
"Inter" ochkolarini 62 taga yetkazib, Sharqiy konferensiyada 3-o'rinda bormoqda. "Atlanta" pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'ldi va 27 ochko bilan 14-pog'onada bormoqda.
MLS. 36-tur. 12 oktyabr
Inter Mayami — Atlanta 4:0
Gollar: Messi 39, 87 (dubl), Alba 52, Suares 61.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist