locale OZ

Mirobod tumanida “Prokuror kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Kurash bo‘yicha tashkil etilgan musobaqada yoshlar o‘z mahoratlarini namoyon etishdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Mirobod tumanidagi 1-sonli sport maktabida kurash bo‘yicha “Prokuror kubogi” musobaqasi tashkil etildi. Tadbirda tuman prokurori Bobur Abdullayev, hokim o‘rinbosari Saidrasul Saidxanov, yosh sportchilar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Musobaqa yuqori saviyada o‘tdi va qatnashchilar o‘z mahoratlarini namoyon etishdi.

Tantanali taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindorlarga tuman prokurori tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar topshirildi.

Ushbu musobaqa yoshlarni sportga oshno etish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish va kurash sport turini keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting