locale OZ

Mirafzal Axtamovning raqibi va jang sanasi ma'lum — u Muhammad Mokaev ishtirok etadigan kardda oktagonga ko‘tariladi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mirafzal Axtamovning raqibi va jang sanasi ma'lum — u Muhammad Mokaev ishtirok etadigan kardda oktagonga ko‘tariladi
Rasm: gettyimages.com

O‘zbekistonlik mashhur MMA jangchisi Mirafzal Axtamovning navbatdagi jangi haqida rasmiy ma’lumot e’lon qilindi. Hamyurtimiz 14 iyun kuni Dubayda joylashgan Coca Cola Arena maydonida bo‘lib o‘tadigan 971 Fighting Ligasi musobaqasida ishtirok etadi. Ushbu kechada Axtamov Janubiy Afrika Respublikasidan bo‘lgan Adrian Sanchesga qarshi jang qiladi.

E’tiborlisi, ushbu turnirda britan-o‘zbek MMA yulduzi Muhammad Mokaev ham jang qiladi. Demak, taniqli sportchilar ishtirokidagi kard muxlislarga katta qiziqish uyg‘otishi tabiiy.

Ma’lum qilinishicha, Mirafzal Axtamov Professional Fighters League (PFL) bilan shartnomaga ega bo‘lib, kelgusi janglarini aynan shu tashkilot doirasida o‘tkazishni davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli buxorolik Axtamov professional faoliyati davomida 9 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 8 tasida g‘alaba qozongan, 1 uchrashuv durang bilan yakunlangan. Uning raqibi — 33 yoshli Adrian Sanches esa 12 jangda qatnashib, 7 marta g‘alaba qozongan va 5 marta mag‘lubiyatga uchragan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting