locale OZ

Mintaqaviy antidoping tashkiloti (RADOCA) bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Butunjahon antidoping Kodeksi talabalarini milliy qonunchilikka moslashtirish masalalari muhokama qilindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mintaqaviy antidoping tashkiloti (RADOCA) bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
Фото: Спорт вазирлиги

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish va dopingga qarshi kurash sohasida tajriba almashish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping tashkiloti (RADOCA) direktori Venera Abdulla O‘zbekiston Milliy antidoping agentligiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Agentlik direktori Abdushukur Sadikov va masʼul xodimlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida dopingga qarshi kurash sohasidagi dolzarb masalalar, jumladan, WADA audit guruhi tomonidan ilgari surilgan vazifalar ijrosi, shuningdek, 2027 yilda kuchga kiradigan yangi tahrirdagi Butunjahon antidoping Kodeksi talabalarini milliy qonunchilikka moslashtirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yana-da faollashtirish va belgilangan rejalarni izchil amalga oshirish muhimligini qayd etdilar.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting