“Mingyachevir regatasi — 2026”
“Mingyachevir regatasi — 2026”
Ozarbayjonda an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Mingyachevir regatasi - 2026” xalqaro musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.
Regata ikkinchi yil ketma-ket Fizulidagi Kendalanchay suv omborida start olmoqda. Musobaqaning keyingi ikki kunlik bahslari esa Mingyachevir shahridagi “Kür” Olimpiya o‘quv-sport markazida davom etdi. Unda eshkak eshish sportining turli yo‘nalishlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Xalqaro regatada 12 mamlakatdan 100 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi. Jumladan, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Chexiya, Gruziya, Vengriya, Qirg‘iziston, Latviya, Litva, Moldova, Tojikiston, Turkiya va Ukraina vakillari o‘zaro kuch sinashdi.
O‘zbekiston sharafini baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha:
Davronbek Ravshanov
Davlatjon Hamdamov
Muhammadali O‘rmonov
Jasurbek Abdujumbulov
Umirbek Abduqahhorov
Akademik eshkak eshish bo‘yicha:
Samandar Abdujalilov
Maxmudbek G‘aniyev
Shohruzjon Tolibov
Husан Tolibov
munosib ravishda himoya qildilar.
Sovrindorlar qatoridan joy egallagan sportchilarimiz ro‘yxati quyidagicha:
C-1, 200 m
Muhammadali O‘rmonov - oltin
C-1, 500 m
Davronbek Ravshanov - oltin
K-2, 500 m
Jasurbek Abdujumbulov - oltin
Umirbek Abduqahhorov - oltin
C-2, 500 m
Davronbek Ravshanov - oltin
Muhammadali O‘rmonov - oltin
C-1, 1000 m
Davronbek Ravshanov - oltin
K-1, 1000 m
Davlatjon Hamdamov - oltin
K-2, 1000 m
Jasurbek Abdujumbulov - oltin
Umirbek Abduqahhorov - oltin
C-1, 200 m
Davronbek Ravshanov - kumush
K-1, 200 m
Davlatjon Hamdamov - kumush
K-2, 200 m
Jasurbek Abdujumbulov - kumush
Umirbek Abduqahhorov - kumush
C-1, 500 m
Muhammadali O‘rmonov - kumush
C-1, 1000 m
Muhammadali O‘rmonov - bronza
M2x
Husan Tolibov - oltin
Shohruzjon Tolibov - oltin
M2x
Samandar Abdujalilov - oltin
Maxmudbek G‘aniyev - oltin
M1x
Samandar Abdujalilov - kumush
Husan Tolibov - kumush
M1x
Maxmudbek G‘aniyev - bronza
Shohruzjon Tolibov - bronza
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni mamlakatimiz sportchilariga nasib etdi: baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha - 7 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza, akademik eshkak eshish bo‘yicha esa - 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medal.
Ozarbayjon jamoasi esa baydarka va kanoeda eshkak eshishda ham (6-4-8), akademik eshkak eshish ham (1-1-2) bo‘yicha 2-o‘rinni band etdi.