locale OZ

Milliy terma jamoalarning 2025 yildagi yirik musobaqalarga tayyorgarligi muhokama qilindi

Hay'at yig'ilishida sportchilarni xalqaro arenalarga munosib tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalarning 2025 yilda bo‘lib o‘tadigan nufuzli kompleks musobaqalarga tayyorgarligi yuzasidan navbatdagi hay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mas'ullar tomonidan shu kungacha o‘tgan yirik musobaqalardagi natijalar tahlil qilinib, oldinda turgan xalqaro bellashuvlarga tayyorgarlik jarayoni haqida axborot berildi.

Qayd etilishicha, 2025 yil uchun tasdiqlangan Respublika kalendar rejasi asosida O‘zbekiston sport delegatsiyasi jami 6 ta yirik xalqaro musobaqada ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Xususan, Germaniyada bo‘lib o‘tadigan “Butunjahon yozgi universiadasi”, Ozarbayjondagi “MDH davlatlari sport o‘yinlari”, Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan “VI Islom birdamligi o‘yinlari” hamda jahon va Osiyo chempionatlariga milliy terma jamoa sportchilari puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Yig‘ilish davomida sportchilarni nafaqat jismoniy, balki ruhiy jihatdan ham tayyorlash zarurligi ta'kidlandi. Bu borada murabbiylar, federatsiya va assotsiatsiyalar rahbarlarining shaxsiy mas'uliyatini kuchaytirish lozimligi alohida qayd etildi.

Shuningdek, sport turlarini e'tirof etish reestriga kiritish tartibi hamda bu boradagi tashkilotlarning javobgarligi yuzasidan Muzafarxo‘ja Rahmatxo‘jaev tomonidan, sport ta'lim muassasalari faoliyatini raqamlash natijalari bo‘yicha esa vazir o‘rinbosari Murad Ismoilov tomonidan taqdimotlar o‘tkazildi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting