Milliy Paralimpiya qo'mitasi rahbariyati IBSA Bosh Assambleyasida ishtirok etmoqda
2026-yil uchun belgilangan byudjet siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: Para Olimpiyada
Turkiyaning Antaliya shahrida Xalqaro ko‘zi ojizlar sport federatsiyasining (IBSA) navbatdan tashqari Bosh Assambleya yig‘ilishi boshlandi. Unda O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari Xikmat Toshmatov, Bosh kotib Farruh Ahmedov hamda O'zbekiston ko'zi ojizlar sporti federatsiyasi raisi Otabek Ergashev ham ishtirok etmoqda.
Assambleyaning ilk kunida IBSA tomonidan 2023–2025-yillar davomida amalga oshirilgan ishlar, shu jumladan, tashkilotning moliyaviy holati va resurslarni taqsimlash masalalari yuzasidan hisobot tinglandi. Shuningdek, 2026-yil uchun belgilangan byudjet siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.
Bosh Assambleya ertaga davom ettiriladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor