Milliy antidoping agentligi vakillari Voleybol federatsiyasida seminar o‘tkazdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi xodimlari O‘zbekiston Voleybol federatsiyasiga tashrif buyurib, sportchilar va murabbiylar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbir davomida antidoping siyosati, doping vositalarining salbiy oqibatlari va sportda halollikni ta’minlash masalalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Seminar shaklida o‘tkazilgan mazkur muloqotda ishtirokchilarga xalqaro antidoping qoidalari, taqiqlangan moddalarning ro‘yxati, test jarayonlari hamda sportchining huquq va majburiyatlari haqida tushunchalar yetkazildi.
Tadbir sportchilar orasida sog‘lom raqobatni targ‘ib qilishga xizmat qildi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor