locale OZ

Milan-Kortina-2026: Oʻzbekiston delegatsiyasi 4 ta yoʻllanma qoʻlga kiritdi

Olimpiya oʻyinlari 6-22-fevral kunlari Italiyaning Milan hamda Kortina-dʻAmpesso shaharlarida oʻtkaziladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Milan-Kortina-2026: Oʻzbekiston delegatsiyasi 4 ta yoʻllanma qoʻlga kiritdi
Фото: Olympic.uz

Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya oʻyinlari startiga sanoqli kunlar qoldi. Oʻzbekistonlik sportchilar ushbu yilning eng nufuzli musobaqalaridan biriga 4 ta yoʻllanma qoʻlga kiritishdi.

Saralash sikli yakuniga koʻra, Dmitriy Chigirev hamda Yekaterina Geynish figurali uchishning juftlik, Medet Nazarov togʻ changʻisining slalom va gigant-slalom, Daniil Yeybog short-trekning 500 metr masofaga yugurish yoʻnalishlarida Olimpiada yoʻllanmalariga sazovor boʻlishdi.

Afsuski, tayyorgarlik jarayonida Dmitriy Chigirev jarohat olib, Olimpiadagacha tiklana olmadi. Shu bois, musobaqalarda sportchilarimiz togʻ changʻisi va short-trek dasturlarida startga chiqishadi.

Eslatib oʻtamiz, boʻlajak qishki Olimpiya oʻyinlari 6-22-fevral kunlari Italiyaning Milan hamda Kortina-dʻAmpesso shaharlarida oʻtkaziladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting