Mexanik eshkak eshish bo’yicha O’zbekiston chempionati yakunlandi
Mexanik eshkak eshish bo’yicha O’zbekiston chempionati yakunlandi.
Boqiy Samarqand shahrida mexanik eshkak eshish bo’yicha mamlakat birinchiligida deyarli barcha hududlardan tashrif buyurgan U15, U17, U19, U23 va undan katta yosh toifasidagi 120 nafar erkak va 80 nafar qiz jami 200 nafar sportchi 2 hamda 6 km masofalarda chempionlik uchun bahs olib borishdi.
Quvonarlisi, mazkur musobaqa doirasida sportchilarimiz Olimpiya dasturiga kiritilgan sohil bo’yi eshkak eshish bo’yicha ham o’z mahoratlarini sinovdan o’tkazishdi.
Eslatib o’tamiz, 2025-yil yakunida mexanik eshkak eshish bo’yicha O’zbekiston kubogi Sirdaryo viloyati Gusliston shahrida o’tkazilgan edi.
Endi navbat baydarka va kanoeda eshkak eshishning marafon masofalari bo’yicha O’zbekiston chempionatiga. Bugun Toshkent dengizida ko’plab baydarka va kanoechilar uzoq masofalar bo’yicha o’zaro bahs olib borishadi.