“Metallurg FA U-12 jamoasi “Yangiyer Cup” turniri g’olibi!
10-14-Dekabr kunlari Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida U-12 jamoalari ishtirokida “Yangiyer Cup “ turniri bo’lib o’tdi.
Turnirda 10 ta jamoa 3 guruhga bo’linib bahslarga kirishishdi. Metallurg akademiyasining U-12 jamoasi o’z guruhida 1- turda Yangiyer BFM jamoasini 2-0 (gollar: Jasurjon Saidumarov 1ta Baxromjon Azamjonov 1ta) mag’lub qildik. 2-turda Sirdaryo FA jamoasiga 1-2 (gol Jasurjon Saidumarov) mag’lub bo’ldik.
3-turda Odil Juniyor jamoasini 2-1 hisobida (gol Jasurjon Saidumarov2ta ) mag’lubiyatga uchratib o’z gruhimizda ikkinchi o’rin bilan yarim finalga chiqdik.Yarim finalda Yangiyer FM jamoasiga qarshi maydonga chiqqan yosh futbolchilarmiz hisobda ortda borayotib 1-2 hisobida iroadli g’alabaga erishdik, gollarni Jasurjon Saidumarov 1ta Muhammadjon Ochilov 1ta to’p kiritishdi.Finalda esa Oxunjon Xonimqulov murabbiyligi ostidagi Metallurg FA U-12 jamoamiz Odil Juniyor jamoasiga qarshi maydonga chiqishdi.
Uchrashuv ancha qiziqarli kechgan bo’lsa ham asosiy vaqtda hisob ochilimadi, o’yindan so’ngi penaltilar seriyasida omad Bekobodlik yoshlarga kulib boqdi, U-12 jamoamiz 3-1 hisobida muhim g’alaba erishdi va “Yangiyer Cup” turniri bosh sovriniga ega bo’lishdi. Yosh chempionlarni ushbu sovrin bilan muborakbod etamiz kelajakda yaxshi darajadigi futbolchi bo’lib yetishish tilakdoshimiz.