locale OZ

«Mergan kubogi» musobaqasi gʻoliblari aniqlandi

Gʻolib va sovrindorlari kubok, medal hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Mergan kubogi» musobaqasi gʻoliblari aniqlandi
Фото: Спорт вазирлиги

Oʻzbekiston Respublikasi harbiylashtirilgan va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlari oʻrtasida oʻq otish sport turlari boʻyicha tashkil etilgan anʼanaviy “Mergan kubogi” musobaqasi oʻz yakuniga yetdi.

Yuksak mahorat, matonat va aniqlikni talab etuvchi mazkur nufuzli bellashuv mamlakatimizda harbiy-sport anʼanalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazining oʻq otish bazasida boʻlib oʻtgan musobaqada 70 nafardan ortiq erkak va ayol merganlar ishtirok etib, oʻzlarining tayyorgarligi va mahoratini namoyon etdi. Ishtirokchilar MV-9, PP-3, PM-3 hamda AK-3 yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashdi.

Musobaqa avvalida jamoalar oʻrtasida qurʼa tashlash marosimi oʻtkazilib, ishtirokchilarning chiqish navbati belgilandi. Ikki kun davom etgan qizgʻin bellashuvlarda har bir ishtirokchi gʻalaba uchun bor imkoniyatini ishga soldi. Musobaqa nafaqat jismoniy tayyorgarlik, balki intizom, jasorat, iroda va haqiqiy merganlik mahoratining yorqin namoyishiga aylandi.

Bellashuvlar yakuniga koʻra, turli yoʻnalishlar boʻyicha gʻolib va sovrindorlar aniqlandi. Musobaqa davomida ayniqsa Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Prezident Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar vazirligi vakillari yuqori natijalar qayd etdi.

Umumjamoa hisobida:

1-oʻrin — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi;

2-oʻrin — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati jamoasi;

3-oʻrin — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati jamoasi;

Musobaqa gʻolib va sovrindorlari kubok, medal hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting