locale OZ

Merab Dvalishvili: «Avval Petr Yanni yoqtirmasdim, endi esa unga chin dildan muxlislik qilaman»

Amaldagi UFC chempioni sobiq raqibi haqida fikr bildirdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Merab Dvalishvili: «Avval Petr Yanni yoqtirmasdim, endi esa unga chin dildan muxlislik qilaman»
FOTO: Getty Images

34 yoshli, UFC’ning yengil vazn toifasidagi (bantamweight) amaldagi chempioni — gruziyalik Merab Dvalishvili, o‘zining sobiq raqibi, 61 kg vazn toifasining sobiq chempioni Petr Yan haqidagi fikri qanday o‘zgarganini aytib o‘tdi.

«Birinchi jangimizgacha u menga bir nechta sababga ko‘ra yoqmasdi. Jumladan, ruslar siyosati tufayli ham. Bizning mentalitet shunaqa: agar sen kimnidir mag‘lub etgan bo‘lsang va u qaytib kelib yaxshi natijalar ko‘rsatsa, vaqt o‘tishi bilan unga muxlislik qila boshlaysan.

U men bilan jangdan keyin yana uch marta oktagonga chiqdi, va men har safar unga chin dildan muxlislik qildim. Endi esa Petr menga yoqadi», — dedi Dvalishvili.

Ma’lumot uchun, Yan va Dvalishvili o‘rtasidagi ilk jang 2023 yil 11 mart kuni UFC Fight Night 221 turnirida bo‘lib o‘tgan. O‘sha bahsda hakimlar bir ovozdan g‘alabani Merabga bergan edi.

Ularning revansh jangi esa 6 dekabr kuni UFC 323 turnirida o‘tkaziladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting