Menejer: Maxachev 3-4 oy ichida jangga tayyor bo‘ladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com
Rossiyalik UFC chempioni Islam Maxachevning menejeri Ali Abdel-Aziz jangchining 77 kg vazn toifasidagi holati va kelajakdagi rejalariga oid bayonot berdi.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev ushbu vaznda avstraliyalik Jack Della Maddalena bilan chempionlik jangi o‘tkazishi mumkin.
“Islam yutqazmaydi. U so‘nggi yillarda raqiblarini birin-ketin mag‘lub etib kelmoqda. U tarixdagi eng buyuk jangchilardan biri sifatida qoladi. Bu yil u albatta, oktagonga qaytadi — bunga yuz foiz ishonaman. Har kuni ikki mahal mashg‘ulot o‘tmoqda. Shu sababli, yaqin 3-4 oy ichida jangga to‘liq tayyor bo‘ladi”, — dedi Abdel-Aziz Submission Radio nashriga bergan intervyusida.
Bakradze Iman
Redaktor