«Maxsus Olimpiada» doirasida futbol va stol tennisi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi
Bellashuvlarda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan sportchi o‘g‘il va qizlar ishtirok etishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Kuni kecha Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Maxsus Olimpiada” doirasida qizlar o‘rtasida futbol, shuningdek, o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
Bellashuvlarda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan sportchi o‘g‘il va qizlar o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, kubok va medallar bilan taqdirlanishdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist