locale OZ

Maxsus maktab-internatlar o'quvchilari o'rtasidagi Besh tashabbus Paralimpiadasi yakunlandi

Yakunda Buxoro viloyati vakillari umumjamoa hisobida eng yaxshi natijani qayd etishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maxsus maktab-internatlar o'quvchilari o'rtasidagi Besh tashabbus Paralimpiadasi yakunlandi
Photo: Para Olimpiyada

Toshkentdagi Olimpiya shaharchasida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasidagi "Besh tashabbus paralimpiadasi" sport musobaqalarining ikkinchi mavsumi Respublika final bosqichi nihoyasiga yetdi.

Musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan jami 400 nafarga yaqin o'quvchi yoshlar para stol tennisi, para yengil atletika, para badminton shaxmat va shashka sport turlari bo‘yicha o‘zaro bahs olib borishdi. Yakunda Buxoro viloyati vakillari umumjamoa hisobida eng yaxshi natijani qayd etishdi.

Oltin. Buxoro viloyati
Kumush. Toshkent viloyati
Bronza. Andijon viloyati.

Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi, O'zbekiston adaptiv sport turlari assosiatsiyasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev ham ishtirok etdi. Gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal, kubok, maxsus diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting