Maxachevning murabbiyi shogirdi uchun eng xavfli raqib kimligini aytdi
Islam soʻnggi janggida Della Maddalenani ochkolar hisobiga koʻra magʻlub etgandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Getty Images
UFC’ning yarimo‘rta vazn (77 kg gacha) toifasida amaldagi chempioni Islom Maxachevning murabbiyi Xavyer Mendes nigeriyalik sobiq chempion Kamuru Usmanni rossiyalik jangchi uchun eng xavfli raqib sifatida ko‘rmoqda.
«Keyingi jang qachon bo‘lishini yoki u Kamaru bilan o‘tadimi — bilmayman. Ammo agar raqib Usman bo‘lsa, shuni aytishim mumkinki, u kuchli kurashchi, yaxshi zarba texnikasiga ega va tajribali.
U juda xavfli. Menimcha, uslub nuqtayi nazaridan u Islom uchun potensial eng og‘ir raqib», — dedi Mendes.
Avvalroq UFC afsonasi Jorj Sen-Pyer ham Makhachevning Della Maddalena bilan jangdagi chiqishini yuqori baholagandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist