Maxachev Volkanovski — Lopes revanshiga kinoyali munosabat bildirdi
Ushbu jang 31 yanvar kuni UFC 325 turniri doirasida tashkil etiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Getty Images
UFC chempioni, rossiyalik Islom Maxachev yarimyengil vaznda (65 kg gacha) bo‘lib o‘tadigan titul revanshiga hazil bilan munosabat bildirdi.
Ushbu jang 31 yanvarda UFC 325 turnirida Sidneyda (Avstraliya) bo‘lib o‘tadi va unda avstraliyalik Aleks Volkanovski hamda braziliyalik Diego Lopes to‘qnashadi.
Eslatib o‘tamiz, Lopes reytingda 2-o‘rinda turadi, birinchi raqam esa rossiyalik Movsar Evloyev.
«Shokning o‘zi ham shokda», — deb yozdi Maxachev ijtimoiy tarmoqlarda.
Maʼlumot uchun, Volkanovski va Lopes avval ham oʻzaro to'qnash kelgan va unda Aleks hakamlarning yakdil qarori bilan gʻalaba qozongan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist