locale OZ

Maxachev uch oylik tanaffusdan soʻng vataniga qaytayotganini maʼlum qildi

Dogʻistonlik jangchi UFC 322 turnirida Jek Della Maddalenani magʻlub etgandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maxachev uch oylik tanaffusdan soʻng vataniga qaytayotganini maʼlum qildi
FOTO: Getty Images

34 yoshli, UFCning yarim oʻrta vazn toifasidagi (77,1 kg gacha) amaldagi chempioni, rossiyalik Islam Maxachev uch oy tanaffusdan soʻng uyga qaytayotganini maʼlum qildi.

«Uzoq bo‘ldim, uch oy uyda bo‘lmadim. Ertaga nihoyat uyga qaytaman, hammani ko‘raman. Aniq bir muddat uyda boʻlaman», — dedi Islam Maxachev.

Avvalroq Islam UFC 322 turniriga tayyorgarlik koʻrgan edi. Ushbu musobaqa oʻtgan hafta, 16 noyabrga oʻtar kechasi boʻlib oʻtdi. Unda Maxachev yarimoʻrta vazn (77 kg) chempionlik kamarini avstraliyalik Jek Della Maddalenaga qarshi himoya qildi. Jangda Maxachev bir ovozdan (50–45, 50–45, 50–45) gʻalaba qozondi.

Kecha, 22 noyabr kuni rossiyalik jangchi Doha (Qatar)da boʻlib oʻtgan UFC Fight Night 265 turnirida oʻz vatandoshlarini — Tagir Ulanbekov va Saygid Izagaxmayevni — qoʻllab-quvvatlash uchun keldi. Afsuski, ikkala sportchi ham magʻlubiyatga uchradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting