locale OZ

Maxachev Sonnenga javob qaytardi: Dunyo shon-shuhratiga olib boradigan yo‘l – bu shou emas

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

UFC reytinglarida vazn toifasidan qat’i nazar birinchi o‘rinda turgan Islam Maxachev sobiq jangchi va tahlilchi Cheyl Sonnenga uning “qo‘rqoq” degan tanqidlariga javob berdi.

Eslatib o‘tamiz, Sonnen avvalroq rossiyalik sportchini Iliya Topuriya bilan jangdan bosh tortgani va pul uchun yarim o‘rta vaznga o‘tganini tanqid qilgan, Maxachevni “chaqiriqlar emas, pul qiziqtiradi”, deb ayblagan edi.

Maxachev esa ijtimoiy tarmoqlarda quyidagicha izoh berdi:

«Shov-shuv va pul ortidan quvish – bu sportda buyuklik sari intilish emas. Ammo arzon gap-so‘zlar bilan yuqoriga chiqqan o‘rtacha darajadagi sportchi buni tushunmaydi. Shuning uchun, iltimos, o‘tir va bu ishni qanday qilish kerakligini boshqalardan o‘rgan, amaki Cheyl», – deb yozdi Islam. U post so‘ngida “ikki karra chempion” heshtegini ham qo‘shdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting