locale OZ

Maxachev: «Ehtimol, o‘sha mag‘lubiyatsiz UFC chempioni bo‘la olmasmidim»

Rossiyalik jangchi faoliyatidagi ilk magʻlubiyati haqida fikr bildirdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maxachev: «Ehtimol, o‘sha mag‘lubiyatsiz UFC chempioni bo‘la olmasmidim»
FOTO: Getty Images

Ikki vazn toifasida UFC chempioni, rossiyalik Islom Maxachev faoliyatidagi yagona mag‘lubiyati haqida to‘xtalib o‘tdi. Sportchi ushbu mag‘lubiyatni 2015 yilning oktyabr oyida, UFC 192 turniri doirasida braziliyalik Adriano Martinsga qarshi jangda qabul qilib olgan edi.

«O‘sha jang uchun menda aniq reja yo‘q edi, shunchaki qafasga uni tor-mor etish istagi bilan chiqqanman. Ammo MMAda bitta zarba hammasini hal qilib qo‘yishi mumkin. O‘sha mag‘lubiyatdan so‘ng men butunlay boshqa jangchiga aylandim, ancha aqlli harakat qila boshladim. Ehtimol, o‘sha mag‘lubiyat bo‘lmaganida, men UFC chempioniga aylanmagan bo‘lardim», — dedi Maxachev Arena Fight TV YouTube-kanaliga bergan intervyusida.

Maʼlumot uchun, Islom Maxachev 34 yoshda. Rossiyalik sportchi UFC’dagi debyutini 2015 yilda amalga oshirgan. U 2022 yilda eng yengil vazn toifasida (70 kg gacha) tashkilot chempioniga aylandi va shundan so‘ng o‘z unvonini to‘rt marotaba muvaffaqiyatli himoya qildi. 2025 yilda esa yarimo‘rta vazn toifasida ham chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting