Maxachev 2025 yilning UFC reytingida birinchi oʻrinda yakunladi
34 yoshli rossiyalik aralash yakka kurash ustasi, UFC yengil vazn toifasidagi amaldagi chempion Islom Maxachev 2025 yilni liga reytingida vazn toifalaridan qat’i nazar eng kuchli jangchi sifatida yakunladi.
Shuningdek, UFC’ning yengil vazn (bantamweight) toifasidagi 32 yoshli rossiyalik chempioni Petr Yan yangilangan top-15 reytingida oltinchi o‘rindagi o‘rnini saqlab qoldi. Qizig‘i shundaki, uning so‘nggi raqibi — gruziyalik Merab Dvalishvili og‘ir vazn chempioni, angliyalik Tom Aspinall bilan reytingda o‘rin almashdi. Natijada Merab yettinchi pog‘onaga ko‘tarildi, Aspinall esa sakkizinchi o‘ringa tushib ketdi.
Bundan tashqari, UFC’ning eng yengil vazn (flyweight) toifasidagi yangi chempioni, AQSh vakili Joshua Van reytingda bir pog‘ona pastlab, 11-o‘rinni boy berdi. Ushbu pozitsiya avval o‘rta vazn chempioni bo‘lgan janubiy afrikalik Drikus dyu Plessi qoʻliga o‘tdi. Hozirda Joshua Van reytingning 12-o‘rnidan joy olgan.