locale OZ

Matonat, mahorat va mas’uliyat: Para sportchilar bilan ochiq muloqot

Uchrashuv qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Para sportchilar o‘zlari uchun dolzarb bo‘lgan ko‘plab masalalar yuzasidan muhim bilim va tavsiyalarga ega bo‘ldilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Matonat, mahorat va mas’uliyat: Para sportchilar bilan ochiq muloqot
Photo: Para Olimpiyada

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi “Matonat maktabi” tomonidan amalga oshirilayotgan “Matonat maktabi marafoni” loyihasi doirasida navbatdagi uchrashuv Para velosport bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari bilan o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida “Matonat maktabi” ijrochi direktori Dilfuza Karimova Paralimpiya sportchilarining dunyoqarashini kengaytirish, Vatanparvarlik hissini oshirish, xalqaro musobaqalar davomida etika va estetika qoidalari hamda sport prinsiplariga qat’iy amal qilgan holda O‘zbekiston nomidan munosib ishtirok kabi dolzarb mavzuda taqdimot qildi. Sportchining nafaqat jismoniy, balki ma’naviy va axloqiy tayyorgarligi ham muhim ekani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot kotibi Dilfuza Ro‘zmetova tomonidan para atletlar uchun maxsus seminar-trening tashkil etildi. Unda sportchilarning muomala madaniyati, OAVga intervyu berish jarayoni, matbuot anjumanlarida to‘g‘ri va mazmunli chiqish qilish, ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy brendni shakllantirish va sahifalarni professional yuritish mavzulari atroflicha yoritildi.

Uchrashuv qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Para sportchilar o‘zlari uchun dolzarb bo‘lgan ko‘plab masalalar yuzasidan muhim bilim va tavsiyalarga ega bo‘ldilar.

Ta'kidlash kerakki, “Matonat maktabi marafoni” doirasidagi bunday uchrashuvlar para atletlarning nafaqat sportdagi, balki ijtimoiy hayotdagi muvaffaqiyatlariga ham mustahkam zamin yaratadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting