Matbuot bayrami nishonlandi: MOQ faxriy mehmonlarni qadrladi
Milliy Olimpiya qo‘mitasida OAV xodimlari kasb bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda sport va Olimpiya harakatini yoritishda faol bo‘lgan jurnalist va ijodkorlar ishtirok etdi.
Tadbirni MOQ raisi birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov ochib berdi. U barcha OAV vakillarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, ularga sihat-salomatlik, ijodiy muvaffaqiyatlar va omad tiladi.
Tadbir yakunida fidoyi jurnalistlarga MOQ nomidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Mehmonlar ko‘rsatilgan e’tibor uchun minnatdorlik bildirishdi.
Bakradze Iman
Redaktor