locale OZ

Masvidal ko‘zga zarba berganlarga jazo choralarini koʻrishni taklif qildi

Sobiq UFC jangchisi faoliyati davomida ikki bor shunday holatga tushib qolganini esladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Masvidal ko‘zga zarba berganlarga jazo choralarini koʻrishni taklif qildi
FOTO: Getty Images

Sobiq UFC jangchisi Xorxe Masvidal jang paytida raqibning ko‘ziga ataylab barmoq bilan zarba berganlik uchun jazolarni kuchaytirish zarurligi haqida gapirdi.

«Buni yaponlardagidek qiling. Darhol gonorardan pul chegirib tashlansin va ochko olib qo‘yilsin. Hayotim davomida jang vaqtida ikki marta ko‘zimga barmoq bilan zarba berishgan va shulardan biri uch haftagacha asoratini ko‘rsatgan. O‘sha yigit, Kolbi Kovington, so‘zning tom ma’noda o‘z panjalarini ko‘zimga tiqqan edi. Uch hafta o‘tgach ham ko‘z oldimda dog‘lar ko‘rinardi, hammasi yomon edi, ko‘zim shishib ketgandi. Shifokor ko‘rigiga borishga, dorilar, antibiotiklar tomizishga majbur bo‘ldim... juda rasvo holat edi.

Darhol ochko olib tashlansin va sariq kartochka berilsin. Shuningdek, gonorardan pul olib qo‘yilsin. Bir yo‘la 20 foizini yechib olish kerak. Bu pul jabr ko‘rgan ikkinchi jangchiga o‘tishi lozim. Hech qanday komissiyaga emas, la’nat bo‘lsin o‘sha komissiyalarga! Men o‘sha chirtak komissiyalardan to‘ydim. Hamma mablag‘ ko‘zidan jarohat olgan yigitga berilishi shart. Shundoq ham bizni har qadamda tunashyapti, ey erkaklar. Sizga aytyapman, shunday qilinsa, boshqa hech kim ko‘zga barmoq tiqmaydi. Hammasi mana shunday bo‘lishi kerak — odamlarning ko‘ziga barmoq tiqishni bas qilishsin», — deya Masvidalning so‘zlarini keltiradi Cageside nashri.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting