Markaziy Osiyo talabalar sporti federatsiyasi tashkil etildi
Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida Markaziy Osiyo talabalar sporti federatsiyasining Ta’sis konferensiyasi o‘tkazildi. Tadbir Xalqaro talabalar sporti federatsiyasi (FISU) tasdig‘i va rahnamoligida bo‘lib o‘tdi.
Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Moʻgʻulistondan delegatsiyalar qatnashib, mintaqada talabalar sportini rivojlantirishga qaratilgan yangi
tuzilma — Markaziy Osiyo talabalar sporti federatsiyasini tashkil etish bo‘yicha yakdil qaror qabul qilindi.
Shuningdek, FISU prezidenti Leonz Eder rahnamoligida O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Erkin Qodirov yangi tashkil etilgan Federatsiyaning Bosh kotibi etib tayinlandi.
Mazkur qaror O‘zbekistonning mintaqaviy sport sohasidagi faolligi va tashabbuskorligini tasdiqlab, talabalar sporti bo‘yicha hamkorlikning yangi bosqichini boshlab beradi.