locale OZ

Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping agentligi (RADOCA)ning hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping agentligi (RADOCA)ning hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi
FOTO: Getty Images

Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping agentligi (RADOCA)ning navbatdagi hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ishtirokchi davlatlar vakillari mintaqada dopingga qarshi kurash sohasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va kelgusi ustuvor vazifalar yuzasidan maʼlumot berishdi.

Tadbirda WADA Kodeksi talablariga rioya etish, xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritish, sportchilar salomatligini asrash va adolatli raqobatni taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, laboratoriyalar bilan ishlash va profilaktik tadbirlarni kengaytirish yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Yig‘ilish ishtirokchilari RADOCAning mintaqadagi roli va ahamiyatini yuqori baholab, dopingga qarshi kurashda tizimli yondashuvni kuchaytirish, tajriba almashish va xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligi taʼkidlashdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting