locale OZ

Marjona Pardaboyeva: «Navbatdagi maqsadimiz 2026-yilgi yozgi Para Osiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etish»

O'zbek velosportchilari Belgiyaning Ronse shahrida o'tkazilgan Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Marjona Pardaboyeva: «Navbatdagi maqsadimiz 2026-yilgi yozgi Para Osiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etish»
photo: Para olimpiya

O'zbekiston para velosport milliy jamoasi yaqindagina Belgiyaning Ronse shahrida o'tkazilgan Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Osiyo jamoalari orasidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi axborot xizmati sovrindorlar qatoridan joy olgan Marjona Pardaboyevaning musobaqa haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

«Musobaqa kutilganidek o‘tdi. Yurtboshimiz tomonidan berilayotgan e’tibor, bizga yaratib berilgan shart-sharoitlar, murabbiylarimizning harakatlari, umuman olganda barchasi o‘z natijasini berdi.

Navbatdagi maqsadimiz 2026-yilgi yozgi Para Osiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etish. Undan keyin esa to‘rt yillikning eng muhim musobaqasi Los-Anjeles 2028 yozgi Paralimpiya o‘yinlari bizni kutib turibdi»,- dedi Pardaboyeva.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting