locale OZ

Marjona Pardaboyeva — endi ikki karra Jahon chempioni! Pokiza Axmadbekova ham o‘zining ikkinchi medalini qo‘lga kiritdi

Hantsvillda (AQSH) davom etayotgan para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempionatida yana bir kun ortda qoldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Marjona Pardaboyeva — endi ikki karra Jahon chempioni! Pokiza Axmadbekova ham o‘zining ikkinchi medalini qo‘lga kiritdi
photo: paralympic

Marjona Pardaboyeva — endi ikki karra Jahon chempioni! Pokiza Axmadbekova ham o‘zining ikkinchi medalini qo‘lga kiritdi

Hantsvillda (AQSH) davom etayotgan para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempionatida yana bir kun ortda qoldi.

Musobaqa dasturiga ko‘ra, kecha guruh poygalariga start berildi. E’tiborlisi, ayollar o‘rtasidagi T1 klassi bellashuvlarida hamyurtimiz Marjona Pardaboyeva oltin medalga sazovor bo‘ldi. 27.6 km masofaga kechgan poygada Marjona barcha raqiblarini ortda qoldirib, ikki karra Jahon chempioniga aylandi.

1-o'rin. Marjona Pardaboyeva (O'zbekiston)
2-o'rin. Quan Shiqi (Xitoy)
3-o'rin. Pavlina Veyvodova (Chexiya).

Shuningdek, H1 toifasida 13.8 km masofada o‘tkazilgan bahslarda Pokiza Ahmadbekova shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.

1-o'rin. Manuela vos van den Bouxyuysen (Ispaniya)
2-o'rin. Pokiza Ahmadbekova (O'zbekiston).

Ta’kidlash lozim, avvalroq, har ikki sportchimiz musobaqaning vaqt uchun o‘tkazilgan poygalarida oltin medallarga ega chiqishgandi. Jahon chempionati bugun o‘z nihoyasiga yetadi. Bellashuvlarning so‘nggi kunida Bunyod Haytmuhammedovga muxlislik qilamiz!

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting