Marjona Nurulloyeva Sofia European Open 2026 sovrindori
U saralash bellashuvlarida Xorvatiya va Bolgariya dzyudochilarini mag‘lubiyatga uchratdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida dzyudo bo‘yicha 2026 yilgi mavsumning ilk IJF musobaqasi - Sofia European Open bo‘lib o‘tmoqda.
Unda dunyoning 5 qit’asi 39 davlatidan jami 385 (237 erkak, 148 ayol) nafar dzyudochi medallar hamda jahon reytingi uchun beriladigan qimmatli ochkolar yo‘lida bahslarga kirishdi.
Quvonarlisi, musobaqaning ilk kuni terma jamoamizning -63 kg vazn toifasidagi a’zosi Marjona Nurulloyeva bronza medalini qo‘lga kiritdi. U saralash bellashuvlarida Xorvatiya va Bolgariya dzyudochilarini mag‘lubiyatga uchratdi. Murosasiz kechgan yarim final bahsida yaponiyalik Honoka Kimuraga imkoniyatni boy bergan Nurulloyeva bronza medali uchun kechgan bellashuvda fransiyalik Klara Ventslerdan ustun keldi.