locale OZ

Marius Vizer oltinchi muddatga IJF prezidenti etib saylandi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Marius Vizer oltinchi muddatga IJF prezidenti etib saylandi
PHOTO: Telegram

Vengriyaning Budapesht shahrida Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF)ning navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu muhim tadbirda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi, Osiyo dzyudo ittifoqi vitse-prezidenti Azizjon Kamilov ham ishtirok etdi.

Qit’a dzyudo ittifoqlari, milliy federatsiyalar rahbar hamda delegatlari qatnashgan katta dzyudo forumi doirasida IJF Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi ham o‘tkazildi. Unda Marius Vizer navbatdagi 4 yillik muddatga IJF prezidenti etib saylandi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi janob Marius Vizerni oltinchi muddatga prezident etib saylangani bilan muborakbod etadi. Aytish joiz, Vizer boshchiligidagi dzyudo olimpiya sport turlari orasida o`z mavqeyini yildan-yilga mustahkamlab bormoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting