locale OZ

Marius Vizer IJF Prezidenti etib qayta saylandi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Marius Vizer IJF Prezidenti etib qayta saylandi
FOTO: Olympic.uz

Ertaga Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo boʻyicha kattalar oʻrtasidagi jahon chempionati start oladi. Musobaqadan avval Xalqaro dzyudo federatsiyasining (IJF) Kongressi oʻtkazilib, tashkilot rahbariyati va uning tarkibiy qismlari qayta shakllantirib olindi. Kongress davomida qabul qilingan qarorlar va musobaqa arafasidagi eʼtiborli voqeliklar:

– Marius Vizer oltinchi muddatga IJF Prezidenti etib saylandi;

– Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov va Atlanta-1996 yozgi Olimpiya oʻyinlari kumush medali sohibi Armen Bagdasarov IJF Ijroiya qoʻmitasi tarkibidan joy olishdi. Shuningdek, A.Kamilov IJFning ta’lim boʻyicha direktori etib tayinlandi;

– Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi dzyudo federatsiyalari oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi;

– Bugun jahon chempionatiga qurʼa tashlash marosimi oʻtkazildi. Ertadan erkaklar -60, ayollar -48 kg vazn toifalarida medallar uchun kurash olib borishadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting