Marhamat tumanida «Besh tashabbus paralimpiadasi» musobaqalari o‘tkazildi
18 yosh va undan katta bo‘lgan nogironligi bor fuqarolar sportning 13 turi bo‘yicha bellashdilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: ParalympicUz
Marhamat tumanida “Besh tashabbus paralimpiadasi” doirasida adaptiv sport turlari bo‘yicha tuman bosqichi musobaqalari yuqori saviyada tashkil etildi.
Musobaqaning ochilish marosimida tuman hokimi Ilyosbek Umrzaqov, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari, tuman sport maktabi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, ishtirokchilarga omad tiladilar.
Musobaqada 18 yosh va undan katta bo‘lgan nogironligi bor fuqarolar sportning 13 turi bo‘yicha bellashdilar. Ushbu tadbirda ishtirokchilar o‘zlarining kuch-g‘ayrati, irodasi va sportga bo‘lgan qiziqishini namoyon etdilar.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist