Manba: Doston Bozorov UFC’da faoliyatini davom ettiradi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: olamsport.uz
O‘zbekistonlik mashhur MMA menejeri Parviz Abdumavlonov Fightback loyihasi orqali yengil vazn toifasida Octagon ligasi chempioni Doston Bozorovning kelajak rejalari haqida ma’lumot berdi.
— Doston Bozorovning UFC safiga qo‘shilayotgani haqida xabarlar tarqaldi…
“Ha, bu haqiqat. Menimcha, bu uning Octagon ligasidagi oxirgi jangi bo‘ladi. Agar g‘alaba qozonsa, kamarni bo‘sh qoldirib, ligani tark etishni maqsad qilgan. Inshoolloh, u Octagon’dan UFC’ga o‘tadigan birinchi o‘zbekistonlik sportchiga aylanadi”, — dedi Abdumavlonov.
Eslatib o‘tamiz, Doston Bozorov 11 may kuni Toshkentda tojikistonlik Fazliddin Madrahimovga qarshi oktagonga chiqadi.
Bakradze Iman
Redaktor