locale OZ

Malayziyaning Nilai shahrida velosportning trek yo'nalishi bo'yicha \"ASEAN TRACK SERIES (PRESIDENT CUP)\" musobaqasi bo'lib o'tadi

7-8 va 10-11 yanvar kunlariga belgilangan turnirda milliy terma jamoa a'zolari ham g'oliblik uchun kurash olib boradi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Malayziyaning Nilai shahrida velosportning trek yo'nalishi bo'yicha "ASEAN TRACK SERIES (PRESIDENT CUP)" musobaqasi bo'lib o'tadi
photo: velosport Uzbekistan

Malayziyaning Nilai shahrida velosportning trek yo'nalishi bo'yicha "ASEAN TRACK SERIES (PRESIDENT CUP)" musobaqasi bo'lib o'tadi. 7-8 va 10-11 yanvar kunlariga belgilangan turnirda milliy terma jamoa a'zolari ham g'oliblik uchun kurash olib boradi.

Qayd etish kerak, terma jamoamiz ushbu bellashuvlarni yangi ish boshlagan xorijiy murabbiy Yoxan Dornbush (erkaklar) hamda Olga Zabelinskaya (ayollar) boshchiligida ishtirok etadi.

Bahslarda qatnashadigan tarkibimiz quyidagicha:

Erkaklar:
1. Sergey Rostovtsev
2. Vladislav Troman
3. Behzod Nurmatov
4. Danil Fyodorov

Ayollar:
1. Asal Rizayeva
2. Nafosat Koziyeva

Mazkur musobaqa mart oyida Avstraliyaning Pert shahrida bo'lib o'tadigan trek bo'yicha Jahon Kubogiga saralash bosqichini o'tab beradi. Shuningdek, Jahon kuboklarida jamg'arib borilgan reyting ochkolari Jahon chempionatida ishtirok etish uchun yo'llanmani taqdim etadi. Ma'lumot uchun, shu yilning oktyabr oyida o'tadigan trek bo'yicha jahon chempionatiga Xitoyning Shanxay shahri mezbonlik qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting