«Maksam-Chirchiq» 2-avgustdan mashg‘ulotlarni boshlaydi
Hozircha futbolchilardan hech biri klubni tark etish istagini bildirmagan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Ўзбекистон футзали
Toshkent viloyatining “Maksam-Chirchiq” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni 2-avgust sanasidan boshlaydi. Mashg‘ulotlar “Kimyogar” sport majmuasida olib borilishi rejalashtirilgan.
Klub ma’muriyatining ma’lum qilishicha, jamoa o‘tgan mavsumdagi tarkibini to‘liq saqlab qolgan. Hozircha futbolchilardan hech biri klubni tark etish istagini bildirmagan.
Shuningdek, O‘zbekiston Futzal federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi tavsiyalariga muvofiq, klubda qo‘shimcha shtatlar ochilishi rejalashtirilgan. Jumladan, muassisdan alohida faoliyat yurituvchi matbuot xizmati hamda tibbiyot bo‘limi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist