locale OZ

MakS Hollouey murabbiyi Makgregor bilan trilogiya jangiga ishonmayapti

Uning ta'kidlashicha, Konorning yoshi, ketma-ket og‘ir jarohatlari va uzoq tiklanish jarayoni bunday jangni tashkil etishni qiyinlashtiradi.
Boshqa sport turlari
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
MakS Hollouey murabbiyi Makgregor bilan trilogiya jangiga ishonmayapti
Foto: Getty Images

UFC chempioni Maks Holloueyning murabbiyi Ivan Flores Konor Makgregorga qarshi uchinchi jang bo‘lishiga ishonmasligini aytdi.

Murabbiyning fikricha, UFC 329 turniridagi revanshning ilk raunddayoq Makgregorning jarohat sabab yakunlanishi trilogiya ehtimolini keskin kamaytirgan. Uning ta'kidlashicha, Konorning yoshi, ketma-ket og‘ir jarohatlari va uzoq tiklanish jarayoni bunday jangni tashkil etishni qiyinlashtiradi.

Shu bilan birga, Flores Holloueyning Makgregorga qarshi yana jang qilishdan qochmayotganini, biroq hozircha jamoaning asosiy e'tibori boshqa raqiblarga qaratilganini ma'lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, UFC 329 turnirida Konor Makgregor ilk raundning o‘zida tizzasidan og‘ir jarohat olib, jangni davom ettira olmagandi. Natijada Maks Hollouey texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting