locale OZ

«Maklaren»ning ikki poygachisi diskvalifikatsiya qilindi: Norris va Piastri Las-Vegas Gran-prisidan chiqarib yuborildi

Bunga bolidlardagi maxsus sirpanish plankalarining yupqalashib ketishi sabab boʻlgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Maklaren»ning ikki poygachisi diskvalifikatsiya qilindi: Norris va Piastri Las-Vegas Gran-prisidan chiqarib yuborildi
FOTO: Getty Images

26 yoshli britaniyalik Formula-1 poygachisi Lando Norris va uning 24 yoshli avstraliyalik jamoadoshi Oskar Piastri «Maklaren» safida Las-Vegas Gran-prisidan keyin diskvalifikatsiya qilindi.

Bunga sabab — Xalqaro avto­mobil federatsiyasi (FIA) va stevardlar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarda bolidlarning pastki qismidagi maxsus sirpanish plan­kalarining ruxsat etilgan me’yordan ko‘proq yeyilganligi aniqlandi.

Britaniya jamoasi uchun muammo poyga yakunlangach ma’lum bo‘ldi. FIA texnik delegati Jo Bauer xulosasiga ko‘ra, bolid pastida joylashgan plan­kalar ruxsat etilgan 9 mm o‘lchamdan yupqalashib ketgan — bu reglamentni bevosita buzish hisoblanadi.

Ikki nafar «Maklaren» poygachisining diskvalifikatsiyasidan so‘ng umumiy tasnifdagi holat:

1. Lando Norris («Maklaren») — 390 ochko

2. Oskar Piastri («Maklaren») — 366

3. Maks Ferstappen («Red Bull») — 366

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting